22 Aprel 2022 yil 476

Giyohvand modda sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.

2022 yil 19 aprel kuni soat 15:50 larda, shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida Davlatobod tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadoni oldida shartli haridorga 300.000 so‘m pul evaziga bir bo‘lak, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, moddani sotgan vaqtida ushlangan. Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning og‘irligi 1,11 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 21 aprel kuni kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech