15 Dekabr 2021 yil
418
G‘isht ishlab chiqarish sexiga o‘g‘ri tushdi
Shu yil 9 dekabr' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:00 larda, Namangan tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan tumani hududida joylashgan MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sex maydonida bo‘lgan umumiy narxi 4.500.000 so‘mlik avtomashina ehtiyot qismlari va g‘isht ishlab chiqarish dastgohini ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati