Gilam va qushlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi.
2021 yil 26 sentyabr' kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi Davlatobod tumanida joylashgan uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonada bo‘lgan narxi 7.700.000 so‘mlik gilamlari va umumiy narxi 1.200.000 so‘mlik qushlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan va Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati