19 Aprel 2025 yil
351
Giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 15-aprel kuni “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Namangan shahar IIB Huquq-tartibot maskani xodimlari tomonidan “Sardoba” mahallasi hududida Namangan shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Ining yonidan 0,77 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati