31 Oktyabr 2025 yil
129
Giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbir davomida, Namangan tumani “Oqbuloq” mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan X.O. tumanning “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan oshxonada tadbir ishtirokchisiga sof og‘irligi 1,19 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 300.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati