30 Sentyabr 2025 yil
52
Giyohvandlik moddasi manziliga yetib bormadi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 27-sentyabr kuni Yangi Namangan tumani "Guliston mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 100,3 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati