3 Avgust 2025 yil
396
Giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 17-iyul kuni Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Davlatobod tumani “Davlatobod” mahallasi hududida, Namangan shahar “Mehnatobod” mahallasida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan K.A sof og‘irligi 44,08 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 7.000.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati