25 Sentyabr 2025 yil 73

Giyohvandlik moddalar olib olib ketayotgan fuqaro aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 19-sentyabr kuni Norin tumani "Navoiy" mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 1,1 gramm bo‘lgan "Gashish" hamda 2,44 gramm "Marixuana" giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech