16 Sentyabr 2025 yil
44
Giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar “Yangihayot” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Y.O. “Yangihayot” mahallasi hududida shartli xaridorga 23,91 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 2.500.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati