18 Aprel 2025 yil
209
Giyohvand modda sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
2025-yil 15-aprel kuni Chust tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Pop tumanida yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro A.X. tanishiga 4,49 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati