25 Sentyabr 2025 yil
                            
                                73                            
                    Giyohvand modda savdosi bilan shug'ullanayotgan shaxs qo'lga olindi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18-sentyabr kuni Yangiqo'rg'on tumani "Madaniyat" mahallasida yashovchi fuqaro og'irligi 8,34 gramm bo'lgan "Gashish" giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    