2 Iyul 2025 yil
112
Giyohvand modda savdogari qo‘lga olindi
Joriy yilning 17-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Porloq” mahallasida yashovchi fuqaro A.B, Namangan tumani, “Farovon” mahallasida tanishiga 400.000 so‘m pul evaziga sof og‘irligi 0,66 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati