7 Avgust 2025 yil
71
Giyohvand modda olib yurgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 15-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Yangi Namangan tuman “Oromgoh” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Z.Ani yonidan 0,86 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati