16 Sentyabr 2025 yil
63
Giyohvand modda olib ketayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 30-avgust kuni Norin tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Ibrat” mahallasi hududida, Norin tumani “Kemaboshi” mahallasida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan T.T.ni to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qo‘lida bo‘lgan sellofan paket ichida sof og‘irligi 24,41 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati