4 Avgust 2025 yil
238
Giyohvand modda manziliga yetib bormadi
Joriy yilning 16-iyul kuni Chortoq tumanida DXX tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Chortoq tumani “Beshkapa” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan B.Bning yoni ko‘zdan kechirilganida, sellofan paketga o‘ralgan, og‘irligi 0,43 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati