7 Oktyabr 2021 yil 347

Gaz balloni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yil 5 oktyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:30 larda noma'lum shaxs, yashash uyiga darvozasi ochiq qolganligidan foydalanib kirib, darvozaxonasi oldida turgan narxi 400.000 so‘mlik bir dona gaz ballonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi va HPMB katta profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi ikki nafar fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech