15 May 2023 yil 399

“Gashish” sotayotgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

2023-yil 10-may kuni viloyat IIB hamda Toʻraqoʻrgʻon tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Nazorat-xarid” tadbiri davomida Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan fuqaro tadbir ishtirokchisiga 200.000 soʻm pul evaziga bir boʻlak oʻtkir xidli qoramtir rangli, saqichsimon moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.

Viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazining xulosasida ushbu moddaning sof ogʻirligi 1,39 gramm boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi koʻrsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech