7 Yanvar 2022 yil 611

“Gashish” sotayotgan fuqaro ushlandi

2022 yil 4 yanvar kuni viloyat IIV JQBB va viloyat IIB JQB hamda Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.I. Uychi tumanida tadbir ishtirokchisiga 7.000 AQSh dollari evaziga uch bo‘lakka bo‘lingan, oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli, yopishqoq holatdagi giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida, ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu giyohvand moddasiga o‘xshagan moddani tanishlari, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan L.X. va Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan N.T.lardan shu kuni 5.000 AQSh dollariga sotib olganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 609.76 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 5 yanvar kuni L.X. va N.T.larga nisbatan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi hamda M.I.ga nisbatan O‘z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech