19 Fevral 2021 yil 378

“Gashish” savdosiga chek qo‘yildi.

2021 yil 11 fevral' kuni viloyat IIB JQB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili hamda viloyat IIB Tezkor xizmat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi oldida tadbir ishtirokchisiga 300.000 so‘m pul evaziga qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida ushlangan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,93 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 fevral' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech