13 Yanvar 2021 yil 376

“Gashish” savdogari qo‘lga tushirildi.

2021 yil 11 yanvar' kuni viloyat IIB JQB katta tezkor vakillari, shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi oldida tadbir ishtirokchisiga 1.050.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli to‘q jigarrang ko‘rinishdagi giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 18,54 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 yanvar' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech