16 Oktyabr 2020 yil 492

Gashish savdogari qo‘lga tushdi.

2020 yil 6 oktyabr' kuni viloyat IIB JQB UJQKB tezkor vakillari hamda Namangan shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat-xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro 250.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,04 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech