29 Oktyabr 2020 yil 447

“Gashish” savdogari qo‘lga olindi.

Shu yil 24 oktyabr' kuni Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat-xarid” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tumanda joylashgan oshxona oldida tadbir ishtirokchisiga 100 AQSh dollari va 1.030.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli, qoramtir rangli 2 dona bo‘laklarga bo‘lingan sellofan parchasiga o‘ralgan giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 7,27 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech