1 Sentyabr 2025 yil 176

“Gashish” giyohvandlik moddasi manziliga yetib bormadi

Joriy yilning 4 avgust kuni “Namangan” muntazam YPX maskanida IIV JXD YHXX va Pop tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan O.J.ga tegishli sumkada 1.64 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech