5 Mart 2022 yil 486

Fuqaroning yonidan psixotrop tabletkalar topildi

2022 yil 18 fevral kuni soat 17:00 larda, viloyat IIB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahar Yangi Namangan tumanida shubxali hatti-harakatlar sodir etgan, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaroni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan kurtkasining chap cho‘ntagidan sellofan paketga o‘ralgan, “SIKLODOL GRINDEKS Trigeksifenidil” yozuvli dori vositasi borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

O‘z.R IIV EKBMning xulosasiga ko‘ra, ikki dona konvalyutalardagi jami bo‘lib, 50 (ellik) dona oq rangli tabletkalarning trigeksifenidil gidroxlorid moddasi mavjud bo‘lib, 50 dona tabletkalarning tarkibidagi trigeksifenidil gidroxlorid moddasining umumiy og‘irligi 0.1 grammni tashkil etishligi, ushbu dori muomilasi cheklangan psixotrop moddalariga kirishligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 3 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech