13 Iyun 2023 yil
362
Fuqaroning yonidan psixotrop dorilar topildi
2023-yil 29-aprel kuni DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB TQX Uyushgan jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahar Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon MFY hududida Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida uning yoni ko‘zdan kechirilganida, qo‘lida bo‘lgan polietilen paketda jami 55 dona “Tropikamid” va 124 dona “Regapen” nomli dori-vositalari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati