31 Avgust 2021 yil 345

Fuqaroning yonidan “marixuana” topildi

2021 yil 19 avgust kuni O‘z.R IIVning Farmoyishi ijrosini ta'minlash yuzasidan viloyat hududida tashkil etilgan mobil guruhlar tomonidan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hududida tashkil etilgan “Ko‘chma harakatlanuvchi post”da xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari hamda viloyat IIB TEQKB katta tezkor vakillari tomonidan harakatlanib ketayotgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroni to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining o‘ng va chap cho‘ntaklaridan ikki dona gugurt qutisida och yashil tusdagi, o‘tkir hidli, maydalangan nashasimon o‘simlik qismlari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 7,33 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 avgust kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech