Fuqaroning yonida “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi
2022 yil 15 mart kuni soat 18:40 larda, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va Yangi Namangan tumani IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi oldida shubhali xatti-harakatlar sodir etganligi uchun to‘htatilib, yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan kurtkasini chap yon cho‘ntagidan oq rangli sellofan paketga o‘ralgan to‘q, o‘tkir xidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,42 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 18 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati