Fuqaroning yashash uyidan giyohvandlik moddasi topildi.
Joriy yil 4 mart kuni Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va viloyat IIB TEQKB tezkor vakili hamda YHXB AYPXB 1-safarbarlik guruhi katta inspektorlari tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyi yerto‘lasida bo‘lgan temir choynak ichidan bir dona oq qog‘ozga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 13,14 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati