11 Yanvar 2021 yil 428

Fuqaroning uyidan “Marixuana” topildi.

Joriy yil 7 yanvar' kuni Namangan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tuman IIB boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisiga asosan, Namangan tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan, tumanda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadoni yerto‘lasiga kirish eshigi yuqori qismida qog‘oz parchasiga o‘ralgan, yerto‘la devorining yuqori qismida mixga ilingan sellofan paket ichida va qo‘yxonasiga devor sifatida taxlab qo‘yilgan g‘o‘zapoya bog‘i ustidagi xaltaning ichida ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddalarning sof og‘irligi 455,7 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech