22 Aprel 2022 yil 502

Fuqaroning uyidan “Marixuana” chiqdi.

2022 yil 15 aprel kuni, tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Namangan tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyining yotoqxonasidagi divanining ko‘rpachasi ostida polietilen paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 3,52 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 21 aprel kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech