Fuqaroning uyidan “Gashish” topildi
Joriy yil 9 dekabr' kuni tuman xududida o‘tkazilayotgan “Chegara-Tozalash” tadbiri davomida, Uychi tuman IIB JQB tezkor vakili va TEQKB tezkor vakillari tomonidan, Uychi tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadoni yotoqxonasidagi divanining bosh tomonidan va yashash xonadoni hammomi tokchasidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 2,05 gramm bo‘lgan “Gashish” va 0,88 gramm bo‘lgan ko‘knor somoni ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati