Fuqaroning uyidan 43,2 gramm “Marixuana” topildi.
Shu yilning 10 fevral' kuni viloyat IIB JQB katta tezkor vakili, Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakili va O‘z.R MG viloyat QB 1-alohida otryad komandirlari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yotoqxonasida bo‘lgan divan tagida 23 ta turli xil o‘lchamdagi qog‘oz parchalariga o‘ralgan, o‘tkir hidli, sariq-qo‘ng‘ir rangli, maydalanib quritilgan moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 43,2 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat buyicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati