27 Iyul 2021 yil
359
Fuqaroning qo‘ylarini firibgar boshqasiga sotib yubordi
Joriy yil 17 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning noyabr' oyida tanishi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan qo‘yxonasidagi 42 bosh qo‘ylarini har birini 3.050.000 so‘mdan jami 128.000.000 so‘mga kelishib, pullarini bir xaftada berishini aytib, qo‘ylarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘zini shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati