29 Oktyabr 2020 yil 514

Fuqaroning qo‘lidagi paketdan “Marixuana” chiqdi.

Shu yil 19 oktyabr' kuni soat 15:30 larda Chust tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan, Chust shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroni Chust shahar hududida qo‘lidagi sellofan paket tekshirilganida, ichida oq ranli sellofan paketga o‘ralgan ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, nashasimon modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 312 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 26 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech