30 Dekabr 2021 yil 504

Fuqaroning plastik kartasidan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi

2021 yil 25 dekabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 dekabr' kuni  birga yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan onasiga tegishli bo‘lgan ATB “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on tuman filiali tomonidan berilgan plastik kartasidan 7.575.000 so‘m pul mablag‘larini noma'lum shaxs tomonidan yechib olinganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech