Fuqaroning e'tiborsizligidan foydalanib buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
Shu yil 4 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 2 noyabr' kuni soat 20:00 larda, Namangan shahar G‘uncha MFY Oydin ko‘chasida ketayotgan vaqtida uning e'tiborsizligidan foydalangan noma'lum shaxs egnidagi kiyimining chap yon cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik “Redmi-7 A” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakil tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati