21 Aprel 2022 yil 503

Fuqaroning cho‘ntagidan “Marixuana” topildi.

2022 yil 11 aprel kuni soat 22:30 larda, tuman IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan Chust tumani Yettiqo‘rg‘on mahallasi hududida shubhali xatti-harakatlar sodir etgan, Chust tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining chap tomon ichki cho‘ntagidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, gugurt qutisida o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 3,25 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 19 aprel kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech