Fuqaroning cho‘ntagidan "Marixuana" topildi.
2021 yil 8 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Chortoq tuman IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroni xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida, shimining chap cho‘ntagidan bir dona gugurt qutisida va bir dona qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 1,37 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati