2 Oktyabr 2021 yil 328

Fuqaroning cho‘ntagidan marixuana chiqdi.

2021 yil 25 sentyabr' kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ-2107 rusumli avtomashinasi salonida o‘tirgan vaqtida, uning hatti-harakatidan shubhalanib, yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kiyimining chap yon cho‘ntagidan sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir xidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,74 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech