10 Mart 2021 yil 393

Fuqaroning cho‘ntagidan “Marixuana” chiqdi.

Joriy yil 4 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, 25 fevral' kuni, viloyat IIB JQB tezkor vakili va Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro Kosonsoy tumanida shubhali hatti-harakatlar sodir etganligi uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining chap cho‘ntagidan 2 dona gugurt qutisida, o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 50,63 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech