15 Yanvar 2021 yil 370

Fuqaroni tunab ketgan talonchilar qo‘lga olindi.

Shu yil  12 yanvar' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Namangan shahrida joylashgan kinoteatri oldida ketayotgan vaqtida 2 nafar notanish shaxs,  qo‘lida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung-A10S” rusumli telefon apparatini olib, voqea joyidan qochib ketganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv hamda surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2002 yilda va 1999 yilda tug‘ilgan yigitlar sodir etganliklari aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech