23 Dekabr 2021 yil 390

Fuqaroni chuv tushirgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021  yil  16 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Jentra rusumli avtomashinasini 12.000 AQSh dollariga va 76 bosh qo‘ylarini 102.600.000 so‘mga sotib olishga kelishib, undan tashqari yangi biznes qilish uchun 31.000 AQSh dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech