8 Fevral 2021 yil 1797

Fuqaroni 78 000 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxsga firibgarlik ayblovi qo‘yildi.

Joriy yil 15 yanvar' kuni Norin tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 18 noyabr' kuni, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro uning ishonchiga kirib, Avstriya davlatidan olib kelgan 30 bosh “SIMMENTAL” naslli mollarini bersa, evaziga 78.000 AQSh dollari (738.894.000 so‘m) miqdoridagi bankdan olingan kredit qarzlarini to‘lab berishini aytib, undan 30 bosh mollarini olib ketib, uni boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech