1 Avgust 2023 yil 439

Fuqarodan pul talab qilgan mahalla raisi ushlandi

2023-yil 15-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 1973-yilda tug‘ilgan, MFY raisi bo‘lib ishlovchi ayol uning ishonchiga kirib, Namangan shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida ishlovchi tanishlari orqali uning farzandlariga bola nafaqasi ajratib berishini aytib, evaziga 1.300.000 so‘m pullarni talab qilayotganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizada nomi keltirilgan ayol xizmat xonasida arizachidan 1.300.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech