26 Iyul 2023 yil 237

Fuqaro yomg‘irdan qochaman deb do‘lga tutildi

2023-yil 16-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu-yil 27-aprel kuni shu tumanda yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, kreditdan bo‘lgan qazdorligini to‘lab berishini aytib, narxi 8.000 AQSH dollari bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasini olib ketib, avtomashinani sotib yuborib, kreditdan bo‘lgan qazdorligini to‘lamay, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech