Fuqaro xamkasbining plastik kartasini o‘g‘irladi
2021 yil 23 fevral' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral' oyida noma'lum shaxs, ish joyida stol ustida qarovsiz qoldirgan ichida 1.600.000 so‘m puli bo‘lgan bank plastik kartasini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan, Namangan tuman IIB JQB tezkor vakili va TEQKB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga ishlovchi tanishi, Namangan tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati