27 Aprel 2021 yil 563

Fuqaro tanishiga hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazdi.

Joriy yil 14 aprel' kuni soat 12:30 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro shu tumanda yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan tanishi bilan o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan yuz sohasiga bir marotaba urganida, tanishi boshi bilan yerga yiqilgan.

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasida jabrlanuvchining bosh miya og‘ir ochiq shikasti, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, bosh miya o‘ng yarim shari gemorragik lat yeyish va miya ichi gematomasi chap yuz, lab soxalari sidirilib shilingan jarohati, o‘ng ko‘z qovoq qontalashi, ensa sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi jarohatlari borligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra xayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati guruxiga kirishi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha hozirda tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech