29 Mart 2022 yil 419

Fuqaro spirtli ichimlik ta'sirida telefonini o‘g‘irlatdi.

Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 dan soat 23:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 2.000.000 so‘mlik “SAMSUNG-A51” rusumli uyali telefon apparatini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ariza muallifi hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Davlatobod tumani Yuksalish MFYda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan tanishining yashash xonadoniga borib, u bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilgan. O‘z xonadoniga qaytib kelganida esa telefoni yo‘qolganini payqagan.

Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, xonadon egasi ariza muallifining mastligidan foydalanib, telefon apparatini o‘g‘irlaganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech