24 Iyul 2021 yil 354

Fuqaro pulni olmasdan Kobal'tni sotib yubordi.

2021 yil 20 iyun' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 fevral' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan va Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashinasini 10.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulini 2 oy ichida berish sharti bilan avtomashinani olib ketib, hozirgi kunga qadar pullarini bermayotganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech