1 Mart 2021 yil 484

Fuqaro profilaktika inspektoriga pora taklif qildi.

Shu yil 26 fevral' kuni Chust tumani IIB HPB TP profilaktika inspektori viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu yil 25 fevral' kuni soat 13:00 larda, shu tumanda yashovchi fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini mast holda boshqarganligini aniqlab, avtomashinasini jarima maydoniga olib kirib qo‘yganligi, avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berishi va hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga unga 100 AQSh dollari pora taklif qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur bildirgiga asosan, shu kuni soat 16:00 larda, O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorining xizmat xonasida unga 100 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha IJQKD tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech